AQSHning markaziy shtatlariga tornado yopirildi
Olam
−
01 aprel 2023
5690Kecha, 31 mart kuni AQSH janubida sodir bo‘lgan kuchli bo‘ron bir qator yirik tornadolarni keltirib chiqardi. Tabiiy ofatdan Arkanzas shtati eng ko‘p zarar ko‘rdi, u yerdagi uylar va savdo markazlari vayron bo‘ldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Qayd etilishicha, Illinoys shtatining Belvidir shahrida konsert vaqtida kuchli shamol tufayli tomoshabinlar ustiga tom qulab tushgan. Mamlakat bo‘ylab yuzlab odamlar yaralangan, kamida 5 kishi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni qidirmoqda. AQSH Prezidenti Jo Bayden mahalliy aholini qo‘llab-quvvatlash uchun Arkanzas markazi Rolling Fork shahriga yetib borgan.
Tornado oqibatida 450 mingdan ortiq xonadon va ishlab chiqarish binolari elektrsiz qolgan. Bu bo‘yicha eng qiyin vaziyat Indiana shtatida bo‘lib, u yerda deyarli 100 000 iste’molchi elektr ta’minotisiz qolgan. Minnesotada 84 ming, Ogayoda deyarli 60 ming, Arkanzas va Illinoys shtatlarining har birida 55 ming iste’molchi elektr ta’minotidan uzilgan.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Missisipi shtatida sodir bo‘lgan kuchli tornado kamida 25 kishining hayotiga zomin bo‘lgan edi.
LiveBarchasi