AQSHning Kiyevdagi elchixonasi havo hujumi sabab yopildi

Olam

image

AQSHning Ukrainadagi elchixonasi bugun, 20 noyabr kuni Ukrainaga muhim havo hujumi bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirdi va shu sababli elchixona yopilishini qayd etdi. Bu haqda vakolatxonaning matbuot xizmati xabar berdi.

“AQSHning Kiyevdagi elchixonasi 20 noyabr kuni sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan muhim havo hujumi haqida aniq ma’lumot oldi. Ehtiyot chorasi sifatida elchixona yopiladi va uning xodimlariga o‘z joyida boshpana topish ko‘rsatmasi berildi. AQSH elchixonasi o‘z fuqarolariga boshpana olishga tayyor turishni ham maslahat qiladi”, deyiladi vakolatxona saytidagi e’londa.

Ayrim nashrlarga ko‘ra, ushbu ehtimoliy havo hujumi Ukrainaning ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qilganiga “javob” bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ukraina Mudofaa kuchlari birinchi marta ATACMS ballistik raketalari bilan Rossiya hududiga hujum qilgandi va u nishonga muvaffaqiyatli urilgandi. Zarba Bryansk viloyatining Karachev shahri yaqinidagi harbiy ob’ektga berilgan.  


Maqola muallifi

Teglar

AQSh elchixona Kiev havo hujumi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing