AQSHning qiruvchi samolyoti turk dronini urib tushirdi
Olam
−
06 Oktabr 2023
10271AQSH Suriyadagi Amerika harbiy pozitsiyalari yaqinida Turkiyaning dronini urib tushirdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
“Amerika harbiylaridan yarim kilometrdan kamroq masofada uchayotgan turk dronlari xavfsizlikka tahdid sifatida baholanib, F-16 qiruvchisi tomonidan urib tushirildi”, degan Pentagon matbuot kotibi general Pet Rayder.
Unga ko‘ra, Turkiya oktyabr oyi boshidan buyon Suriyada Kurdiston ishchilar partiyasi (KIP)ga qarshi harbiy amaliyotlar o‘tkazmoqda. Turkiyaning uchuvchisiz uchoqlari ayni paytda ham Suriyaning Hasaka shahrida AQSH qo‘shinlari joylashgan nuqtadan bir kilometr uzoqlikda havo hujumlarini amalga oshirayotgan bo‘lgan. Kutilmaganda turk droni Amerika pozitsiyalariga yaqinlasha boshlagan.
Shunga qaramay, Pentagon dronni yo‘q qilish buyrug‘i berilguniga qadar amerikalik harbiylar Turkiya tomoni bilan aloqaga kirishganini aytgan.
Turkiya Mudofaa vazirligi rasmiy Anqara va urib tushirilgan uchuvchisiz uchoq o‘rtasidagi bog‘liqlikni rad etib, uning aniq kimga tegishli ekanini ochiqlamagan.
“Reuters” ning Turkiya xavfsizlik xizmatidagi manbasining bildirishicha, Anqaradagi portlashdan so‘ng Turkiya Suriyadagi KIP jangarilari joylashgan marralarga zarba beryapti.
“Assosiated Press” esa turk dronlari Hasaka yaqinidagi nishonlarga bomba tashlagani, bu hudud esa "Amerika kuchlariga xavf tug‘diradigan darajada yaqin bo‘lgani”ni bildirgan.
LiveBarchasi