AQSHning ISHIDga aviazarbasi oqibatida 10 nafar tinch aholi qurbon bo‘lgan

Olam

image

AQSH ISHID terrorchi guruhiga bergan aviazarbalar oqibatida Afg‘onistonning 10 nafar tinch aholisi halok bo‘lgan. Bu haqda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachelet ma’lum qildi.

Bachelet Jenevada BMTning Inson huquqlari kengashining 28-sessiyada so‘zga chiqib, joriy yilning 26 avgust kuni Qobul aeroporti yaqinida ro‘y bergan terakt oqibatida 142 nafarga yaqin tinch aholi, 13 amerikalik askarlar va 28 nafar “Tolibon” jangarisi halok bo‘lganini eslatdi.  

Uning so‘zlariga ko‘ra, ushbu teraktdan uch kun o‘tib, AQSH tomonidan ISHID guruhi a’zolariga uyushtirilgan hujumda 10 nafar tinch aholi halok bo‘lgan.

Bachelet, shuningdek, Afg‘onistonning Panjsher viloyatida “Tolibon” va qarshilik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida tinch aholi halok bo‘lgani va inson huquqlari buzilishi haqidagi xabarlardan xavotirda ekanligini bildirgan.

Avvalroq, AQSH harbiylari Afg‘oniston sharqidagi Nangarxar viloyatiga havo hujumi uyushtirgan. Hujum natijasida “Xuroson islom davlati” terrorchilik guruhi (ISHIDning Afg‘onistondagi shoxobchasi)ning 2 nafar yuqori martabali a’zosi yo‘q qilingan.

Eslatib o‘tamiz, , AQSH tarixida eng uzoq – 20 yil davom etgan harbiy operatsiya joriy yilning 31 avgust kuni yakunlandi. Ahamiyatlisi, amerikaliklar Afg‘onistonni tark etishga ulgurmasidan joriy yilning 15 avgust kuni "Tolibon" harakati hokimiyatni egalladi.

Prezident Ashraf G‘ani boshliq AQSHga hamkor hukumat ag‘darildi. Prezident G‘ani mamlakatdan qochib ketdi. Hozirda Afg‘onistonda "Tolibon" bilan faqatgina Milliy qarshilik fronti kurashmoqda. Toliblar qarshilik kuchlarining markazi bo‘lgan Panjsher viloyatiga ham kirib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh IShID

Baholaganlar

47

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made