AQSHning Iroqdagi elchixonasi raketa hujumiga uchradi

Olam

image

Kecha, 8 dekabr kuni ertalab Iroq poytaxti Bag‘doddagi AQSH elchixonasiga kamida uchta raketa uchirildi. Bu haqda “Deutsche Welle” xabar berdi.

“Mahalliy vaqt bilan taxminan 4:20 da Amerika elchixonasiga qaratilgan uchta “Katyusha” raketasi Dajla daryosi yaqinidagi “Yashil hudud”ga qulab tushdi”, degan Iroq xavfsizlik kuchlari vakili.

O‘z navbatida, amerikalik harbiy mulozim nomini oshkor qilmaslik sharti bilan xalqaro aksilterror koalitsiyasi qo‘shinlari joylashgan AQSH elchixonasi va UNION III harbiy bazasi yaqinida sirenalar yangragani va “portlash tovushlari” eshitilganini aytgan. 

Hozircha Bag‘doddagi Amerika diplomatik missiyasiga uyushtirilgan hujum uchun javobgarlikni hech kim o‘z zimmasiga olmadi. Bu oktyabr boshida Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri AQSHning Iroq poytaxtidagi elchixonasiga uyushtirilgan birinchi hujumdir.

Amerikalik rasmiysiga ko‘ra, elchixona majmuasiga yetti minomyot o‘qlari tushgan. Hujum oqibatida kichik moddiy zarar yetgan, qurbonlar yo‘q. 

“Yashil hudud” Bag‘doddagi alohida muhofaza qilinadigan hudud bo‘lib, u yerda bir qator davlatlar davlat idoralari va elchixonalari binolari joylashgan. 

Avvalroq Iroq Bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqotda Iroq mamlakatdagi AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya harbiy maslahatchilari xavfsizligini ta’minlashga tayyorligini ta’kidlagan. Shuningdek, u AQSHdan Iroq hududiga hujum qilmaslikni so‘ragan. 

Eslatib o‘tamiz, oktyabr oyi o‘rtalaridan beri Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush fonida Iroq va Suriyadagi Amerika va koalitsiya nishonlariga o‘nlab raketa va dron hujumlarini amalga oshirmoqda. Bunga javoban AQSH armiyasi Iroqdagi ushbu Eronga aloqador ko‘riladigan tuzilmalarning pozitsiyalariga bir necha bor zarbalar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Iroq elchixona Bag'dod

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing