AQSHning F-22 qiruvchi samolyotlari Yaqin Sharqqa yetib bordi

Olam

image

Qo‘shma Shtatlar Eron va Isroil o‘rtasidagi vaziyatning keskinlashuvi fonida F-22 qiruvchi samolyotlarini Yaqin Sharq mintaqasiga yaqinroq joylashtirdi. Bu haqda “Arab News” xabar berdi.

Nashrda yozilishicha, Eronning Isroilga kutilayotgan qarshi hujumi oldidan rasmiy Vashington mintaqadagi kuchlarini kuchaytirishga kirishgan.

AQSH Markaziy qo‘mondonligi ijtimoiy tarmoqlarda samolyotlarning soni yoki aniq joylashuvini ko‘rsatmasdan turib, o‘z harakatlarini Eron yoki uning ishonchli vakillari tomonidan mintaqaviy ziddiyat kuchayishi ehtimolini yumshatish uchun hududdagi pozitsiyani o‘zgartirishga urinishning bir qismi sifatida baholagan.

Pentagon esa o‘tgan haftada Mudofaa vaziri Lloyd Ostin tomonidan hududga qo‘shimcha harbiy kemalar va qiruvchi otryadni o‘z ichiga olgan kuchlarni jo‘natish haqida buyruq berilganini eslatgan.

F-22 – bu mintaqada yangi kuchlar, jumladan, ballistik raketalarni urib tushirishga qodir bo‘lgan AQSH harbiy havo kemalari orasida eng ilg‘or qiruvchi samolyotdir. Ular orqali AQSH mintaqada quruqlikka asoslangan ballistik raketalarga qarshi mudofaa tizimini ham kuchaytirishi mumkin. AQSH rasmiylarining “Air and Space Forces” jurnaliga ma’lum qilishicha, o‘nga yaqin ushbu F-22 samolyotlari Alyaskadagi Elmendorf-Richardson qo‘shma bazasidan Yaqin Sharqdagi bazaga yetib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron tahdidiga qarshi AQSH Isroilni himoya qilish uchun qo‘shimcha jangovar samolyotlar, shuningdek, ballistik raketalarga qarshi mudofaa qobiliyatiga ega kreyser va esminetslarni yuborishi haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Eron Isroil Qo'shma Shtatlar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing