AQSHning F-16 samolyoti Janubiy Koreyada halokatga uchradi

Olam

image

Amerikaning F-16 qiruvchi samolyoti Janubiy Koreyaning g‘arbiy sohilida halokatga uchradi. Bu haqda “Yonhap” agentligi xabar berdi.

Uning manbalariga ko‘ra, uchuvchi samolyotni tark etishga muvaffaq bo‘lgan va jarohat olmagan. Samolyot mahalliy vaqt bilan taxminan 08:40da Kunsan aviabazasi yaqinidagi dengizga qulagan.

Keyinroq AQSH Harbiy-havo kuchlari samolyot qulaganini tasdiqladi.

"Uchuvchi katapulta qilishga ulgurdi va taxminan soat 09:30 da qutqarildi. U shifoxonaga joylashtirilgan", deyiladi Kunsan aviabazasi saytida. 

Bildirilishicha, parvoz paytida favqulodda vaziyat yuzaga kelgan.

Amerika qo‘mondonligi uchuvchini qutqarishda faol ishtirok etgani uchun Janubiy Koreya hukumatiga minnatdorchilik bildirdi. Hozirda samolyot halokati sabablarini o‘rganish bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda. Tergov yakunlanmaguncha halokat sabablari oshkor etilmaydi.

Ma’lumot uchun, shunga o‘xshash holat 2023 yil dekabr oyida sodir bo‘lgan. 11 dekabr kuni F-16 qiruvchi samolyoti Sariq dengiz uzra o‘quv parvozi vaqtida halokatga uchragandi. Uchuvchi katapulta qilishga muvaffaq bo‘lgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Janubiy Koreya F-16

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing