AQSHning Eronga urushi qanchaga tushdi?

Olam

image

AQSHning Eronga qarshi “Epik g‘azab” harbiy operatsiyasining dastlabki 100 soati taxminan 3,72 milliard dollarga tushdi. Bu haqdagi ma’lumotni Strategik va xalqaro tadqiqotlar markazi (CSIS) tahlilchilari keltirib o‘tdi. 

Bu kunlik hisobda qariyb 891,4 million dollar sarf qilinganini anglatadi.

Tahlilchilar ma’lumotiga ko‘ra, xarajatlarning asosiy qismi Eron hududidagi nishonlarga zarba berish uchun ishlatilgan bombalar va raketalarga to‘g‘ri keladi. Dastlabki 100 soat ichida AQSH harbiylari qo‘llagan o‘q-dorilar qiymati taxminan 3,1 milliard dollarga baholangan.

CSIS qayd etishicha, ayrim xarajatlar, masalan, harbiy texnikadan foydalanish bilan bog‘liq sarflar allaqachon mudofaa byudjetiga kiritilgan. Biroq ko‘p qismi byudjetdan tashqari xarajatlar hisoblanadi va bu AQSH Mudofaa vazirligidan qo‘shimcha moliyalashtirish talab qilishi mumkin. Bu mablag‘lar qo‘shimcha byudjet ajratmalari yoki mavjud mablag‘larni qayta taqsimlash orqali qoplanishi tahmin qilinmoqda.

AQSH va Isroil 28 fevral kuni Eron hududidagi ob’ektlarga zarba berib, harbiy harakatlarni boshlagan. Bunga javoban Eron Isroil va Fors ko‘rfazi mintaqasidagi AQSH ittifoqchilariga raketalar va dronlar uchirgan.

6 mart kuni AQSH va Isroil harbiy qo‘mondonligi urushning “ikkinchi bosqichi” boshlanganini e’lon qildi. Bu bosqichda yer osti omborlari, o‘q-dori ishlab chiqarish zavodlari va raketa uchirish shaxtalariga zarbalar berilishi rejalashtirilgan. Shu kuni tunda Northrop B-2 Spirit strategik bombardimonchilari ham operatsiyaga jalb qilingan va ular yer osti inshootlarini yo‘q qilishga mo‘ljallangan maxsus bombalarni qo‘llagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Epik g'azab CSIS

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing