AQSHning bosh razvedkachisi Putinning salomatligiga baho berdi

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin mutlaqo sog‘lom. Bu haqda AQSH Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Berns Kolorado shtatidagi Aspen institutida an’anaviy xavfsizlik forumidagi nutqida aytib o‘tdi.

“Prezident Putinning salomatligi haqida turli mish-mishlar yuradi. Biz aytishimiz mumkinki, u mutlaqo sog‘lom. Bu razvedkaning rasmiy bahosi emas”, degan u.

Darhaqiqat, OAVda xademay 70 yoshni qarshilaydigan Putinning sog‘lig‘i haqida turli tasdiqlanmagan mish-mishlar tez-tez uchrab turadi. Shunday xabarlarda u Parkinson, saraton kasalligiga chalingani aytilgan.

Biroq Rossiya rasmiylari, xususan, Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov va Prezident Matbuot kotibi Dmitriy Peskov bu ma’lumotlarni rad etgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Vladimir Putin

Baholaganlar

839

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing