AQSHning bosh archasi qulab tushdi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarida Yangi yil mavsumi favqulodda vaziyat bilan boshlandi. An’anaga ko‘ra chiroqlari AQSH Prezidenti tomonidan yoqiladigan bosh archa marosimdan ikki kun oldin qulab tushdi. Bu haqda Milliy bog‘lar xizmati matbuot kotibi Jasmin Shanti ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Prezident bog‘i janubida joylashgan 40 futlik (12,19 metr) Norvegiya archasi 28 noyabr kuni kuchli shamol sabab qulagan.

AQSH Prezidenti Jo Bayden ertaga, 30 noyabr kuni archa chiroqlarini yoqish marosimini o‘tkazishi kerak edi, unga martabali mehmonlar taklif etilgan.

Archa qulagach, qariyb besh soat yerda yotgan, keyin ishchilar yetib kelgan va uni tik holatga keltirgan.

“Bayram davom etishi kerak”, deydi Jasmin Shanti.

Biroq Prezident va mehmonlarning qulagan archa yonida bo‘lishlari qanchalik xavfsiz ekani haqida savollar ochiq qolmoqda.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda Oq uy yonidagi bog‘da bayram archasini bezash va yoritish an’anasi boshlanganiga 100 yil to‘ladi. Marosim birinchi marta 1923 yil 24 dekabrda Prezident Kalvin Kulij tomonidan amalga oshirilgan. O‘sha oqshom bir necha ming kishi bayram qo‘shiqlarini kuylagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh archa Jasmin Shanti

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made