AQSHning blokadasiga qaramay Erondan kemalar o‘tishda davom etmoqda

Olam

image

AQSH tomonidan e’lon qilingan blokadaga qaramay Rich Starry tankeri 14 aprel kuni Hormuz bo‘g‘ozi orqali muvaffaqiyatli o‘tgan. Bu haqda LSEG, MarineTraffic va Kpler ma’lumotlariga tayanib, “Reuters” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu tanker va uning egasi – SHANGHAI XUANRUN SHPG CO LTD Eron bilan hamkorlik qilgani sababli AQSH sanksiyalari ostida.

Kema taxminan 250 ming barrel etanol tashigan. Yuklash Birlashgan Arab Amirliklari portlaridan birida amalga oshirilgan.

Nashrga ko‘ra, bu AQSH 13 aprel kuni boshlagan dengiz blokadasidan keyin Hormuz bo‘g‘ozidan o‘tgan birinchi kema hisoblanadi.

Shuningdek, yana bir sanksiyadagi tanker – Murlikishan tanker ham bo‘g‘oz tomon yo‘l olgan. Kutilishicha, u 16 aprel kuni Iroqda mazut yuklaydi. Avval bu kema MKA nomi bilan Rossiya va Eron neftini tashigan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Prezidenti Donald Tramp topshirig‘iga binoan Amerika harbiylari Hormuz bo‘g‘ozida rasman blokada boshlagandi. Blokada kecha, 13 aprel kuni AQSHning sharqiy vaqti bilan soat 10:00 da kuchga kirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing