AQSHning birinchi xonimi eri va o‘g‘li bilan koronavirusni qanday yenggani haqida gapirdi

Olam

image

AQSHning birinchi xonimi Melaniya Tramp koronavirusdan qanday tuzalgani bilan o‘rtoqlashdi. Uning yozganlari Oq uy saytida chiqarildi.

"Ikki hafta oldin menga ham mamlakatimiz va dunyoning ko‘plab aholisiga qo‘yilayotgan tashxis qo‘yildi. SOVID-19ga topshirgan testimda musbat natija aniqlandi", deb yozgan Melaniya Tramp. 

Uning ta’kidlashicha, virus eri (AQSH Prezidenti Donald Tramp) va 14 yoshli o‘g‘li Berronda ham aniqlangan. Ular bir-birlariga g‘amxo‘rlik ko‘rsatib, bir-birlarini qo‘llab ushbu sinovdan o‘tishga muvaffaq bo‘lishgan. 

AQSH birinchi xonimining so‘zlariga ko‘ra, kasallik davomida unda bosh og‘rig‘i, qattiq charchoq, tanada og‘riq va yo‘tal kuzatilgan. U sog‘lom ovqatlar va ko‘plab vitaminlar qabul qilib davolangan.

Melaniya Tramp, shuningdek, barcha shifokorlarga minnatdorlik izhor etgan. Dunyo koronavirus bilan kurasha olishiga umid bildirgan. 

Eslatib o‘tamiz, Donald Tramp va uning rafiqasida 2 oktyabrga o‘tar kechasi koronavirus aniqlangan edi

Ma’lumot uchun, AQSH koronavirus tarqalishi bo‘yicha dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Kasallik yuqtirganlar soni 8 millionga yaqinlashmoqda. 217 mingdan ortiq kishi vafot etgan.

Dunyoda esa koronavirusga chalinganlar soni 38 milliondan oshgan. Vafot etganlar soni 1 milliondan oshgan.


Maqola muallifi

Teglar

koronavirus melaniya donal'd

Baholaganlar

200

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing