AQSHning Afg‘onistondagi mag‘lubiyati yangi urushlarga sabab bo‘ladi – Asad 

Olam

image

AQSHning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyati yangi urushlar va yangi mag‘lubiyatlarga olib keladi. Suriya Prezidenti Bashar Asad shunday fikr bildirgan.  

“Biz taxmin qilishimiz kerakki, AQSHning Afg‘oniston va Iroqdagi mag‘lubiyatidan keyin... yangi urushlar va mag‘lubiyatlar bo‘ladi”, degan Asad Suriya armiyasi Oliy qo‘mondonligi kurslarini tamomlagan ofitserlar bilan suhbatda. 

Suriya rahbarining ta’kidlashicha, 2011 yildan buyon mamlakat urushda o‘n minglab qurbon va yaradorlarni yo‘qotgan. Asad armiya xalq uni himoya qilishuvchi kuchga ishongani uchun omon qolganini qo‘shimcha qildi.

“Tez orada jang maydonlarida ko‘rishguncha”, degan Suriya Prezidenti nutqi oxirida yig‘ilganlarga murojaat qilib.

Ma’lumot uchun, joriy yilning may oyida AQSH boshliq xalqaro koalitsiya kuchlari Afg‘onistonni tark etishni boshlashi bilan "Tolibon" harakati hukumat nazoratidagi hududlarni egallab ola boshladi. Avgust oyiga kelib, toliblar yirik shaharlarga yurish boshladi. 

Oradan ko‘p o‘tmay, joriy yilning 15 avgust kuni Qobulning “Tolibon” qo‘liga o‘tishi bilan Afg‘onistonda harakat hokimiyati o‘rnatildi. Prezident Ashraf G‘ani esa iste’fo berganini hamda mamlakatni tark etganini ma’lum qildi. 19 avgust kuni esa harakat rasmiy bayonot bilan chiqib, mamlakatda Islom Amirligi tuzilganini e’lon qildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh urush Asad

Baholaganlar

177

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing