AQSHning 27 tashkiloti Baydenni Putin bilan yarashishga chaqirdi
Olam
−
31 mart 2021
10379AQSHda 27 ta tashkilot Prezident Jo Baydenni Rossiyaga nisbatan “beparvo ritorika”ni to‘xtatish va Vladimir Putin bilan konstruktiv ikki tomonlama muzokaralarni boshlashga chaqirdi. Bu haqda Amerikaning “The Hill” nashri xabar bermoqda.
“Diplomatiya, qurol nazorati, qurolsizlanish va tinchlikni targ‘ib qiluvchi milliy tashkilotlar sifatida biz yaqinda dunyodagi yadroviy qurollarning 90 foizdan ko‘prog‘iga egalik qiluvchi ikki mamlakat o‘rtasidagi salbiy muloqotlardan chuqur xavotirga tushdik”, deyiladi tashkilotlarning bayonotida.
Ular Baydenni “beparvo muhokamalarda” ishtirok etishni to‘xtatish va Rossiya bilan yadroviy qurol bo‘yicha muzokaralarni davom ettirishga chaqirgan, chunki yadroviy poyga xavfi har qachongidan ham aktual.
Bundan tashqari, bayonot mualliflari Amerika rahbariga diplomatiyani tashqi siyosat markaziga qo‘yish borasidagi va’dasini eslatgan.
Murojaatni imzolagan tashkilotlarning to‘liq ro‘yxati taqdim etilmagan, ammo nashrning qayd etishicha, ularning orasida “Justice Democrats”, “Blue America”, “Demand Progress”, “Our Revolution” va “Progressive Democrats of America” tashkilotlari bor.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda AQSH Prezidenti Jo Bayden Rossiya Prezidentini “qotil” deb bilishini aytgan edi. Bunga javoban Putin Amerika rahbariga sog‘liq tilib, uni jonli efirdagi munozaraga taklif qildi. Bayden jamoasi esa Rossiya rahbarining ushbu tashabbusiga rad javobini berdi.
LiveBarchasi