AQSHning 2 ta harbiy kemasi Tayvan bo‘g‘ozidan o‘tdi

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning ikkita harbiy kemasi xalqaro suv yo‘llari orqali Tayvan bo‘g‘oziga kirdi. Bu haqda kecha, 28 avgust kuni “Yettinchi flot" matbuot xizmati ma’lum qilgan.

Qayd etilishicha, AQSH harbiy-dengiz kuchlari operatsiyani tasdiqlagan va unda “Chancellorsville" va "Antietam" kreyserlari ishtirok etganini ma’lum qilgan.

“Ushbu harakat uzoq rejalashtirilgan edi va AQSHning Xitoy hamda Tayvan o‘rtasidagi mojaroga nisbatan siyosatiga hamda erkin va ochiq Hind-Tinch okeani mintaqasiga intilish istagiga mos keladi. Bu kemalar istalgan qirg‘oqbo‘yi davlatining hududiy suvlaridan tashqaridagi koridor bo‘ylab o‘tgan”, deydi AQSH Milliy xavfsizlik kengashi vakili Jon Kirbi.

Shuningdek, u bu xalqaro huquqqa zid emasligini ta’kidlagan.

Qayd etish kerakki, bunday harakatlar odatda 8 dan 12 soatgacha davom etadi va xitoylik harbiylarning yaqin nazorati ostida amalga oshiriladi. Bu AQSH Kongressi Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi avgust oyi boshida Tayvanga tashrif buyurganidan keyin Tayvan bo‘g‘oziga kirgan birinchi AQSH harbiy kemasi bo‘ldi.

Tayvan va AQSH munosabatlari

Tayvan 1949 yilda Chan Kayshi (1887-1975) boshchiligidagi Gomindan qo‘shinlarining qoldiqlari Xitoy fuqarolar urushida mag‘lubiyatga uchragach, orolga qochib ketganidan beri o‘z ma’muriyati tomonidan boshqariladi. O‘shandan beri Tayvan kommunistlar hokimiyatga kelishidan oldin materikda mavjud bo‘lgan sobiq Xitoy Respublikasi bayrog‘i va boshqa atributlarini saqlab qolgan.

Qo‘shma Shtatlar 1979 yilda Tayvan bilan diplomatik aloqalarni uzib, ularni XXR bilan o‘rnatgan. Vashington “yagona Xitoy” siyosatini tan olish bilan birga, ayni paytda Taybey ma’muriyati bilan aloqalarni davom ettirmoqda va orolga qurol yetkazib bermoqda. 2020 yilda AQSHning avvalgi Prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Gonkongdagi vaziyat tufayli Pekin bilan munosabatlarning keskinlashuvi fonida Tayvan bilan aloqa va almashinuvlarni sezilarli darajada faollashtirdi, bu esa XXR rasmiylarining noroziligiga sabab bo‘ldi. 

AQSH Tayvanning asosiy qurol yetkazib beruvchisidir. Joriy yilning aprel oyida Davlat departamenti Patriot zenit-raketa tizimlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha 95 million dollarlik shartnomani ma’qulladi.

Farangiz Salimova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

44

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing