AQSHning 12 shtati Tramp ustidan sudga murojaat qildi

Olam

image

AQSHda joylashgan 12 shtatning demokrat bosh prokurorlari Prezident Donald Trampning bir qator mamlakatlar uchun bojlarni oshirishining qonuniyligiga qarshi da’vo bilan sudga murojaat qildi. Bu haqda NBC News xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident ustidan Nyu-York, Arizona, Kolorado, Konnektikut, Delaver, Illinoys, Men, Minnesota, Nevada, Nyu-Meksiko, Oregon va Vermont shtatlari bojlarni bekor qilishni talab qilib arz qilgan.

“Prezident konstitutsiyaviy tartibga putur yetkazdi va Amerika iqtisodiyotiga tartibsizlik keltirdi”, deyiladi da’vo arizasida.

Shuningdek, da’vo arizasida qayd etilishicha, “Trampning aqldan ozgan tarif sxemasi nafaqat iqtisodiy jihatdan beparvolik va bu noqonuniydir”.

Trampning tariflari

Joriy yilning 2 aprel kuni Tramp 185 davlatga nisbatan bojlar joriy etilishini ma’lum qilgandi. Tariflar 10 foizdan 50 foizgacha bo‘lgan. AQSH boj joriy qilgan davlatlar ro‘yxatiga O‘zbekiston ham kiritilgan.

9 aprel kuni Tramp taxminan 60 ta davlatdan import qilinadigan mahsulotlarga nisbatan bojlarni 90 kunga kechiktirishini bildirgan. Shuningdek, Xitoydan tashqari barcha davlatlarga 10 foizlik ֧“bazaviy” boj va ilgari joriy etilgan 25 foizlik avtomobil, po‘lat va alyuminiy uchun tariflar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp tariflar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing