AQSHning 12 shtati rasmiylari Baydenni sudga berdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

AQSHning 12 shtati rasmiylari mamlakat Prezidenti Jo Baydenni xalq salomatligi va atrof-muhitni muhofaza qilish maqsadida imzolagan farmoni uchun sudga berdi. Bu haqda "Fox News" xabar bergan.

Missuri shtati Bosh prokurori Erik Shmitt tomonidan berilgan da’voga Arkanzas, Arizona, Indiana, Kanzas, Montana, Nebraska, Ogayo, Oklaxoma, Janubiy Karolina, Tennessi va Yuta shtatlari Bosh prokurorlari qo‘shilgan. 

Ularning fikriga ko‘ra, davlat rahbarining farmoni hokimiyatni taqsimlash prinsipini buzadi, chunki bu federal regulyatorlarning vakolatlarini kengaytiradi. 

Da’vogarlarga ko‘ra, vakolatlarning bunday kengayishi iqtisodiyotga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. 

Baydenning farmoni AQSH federal hokimiyatining issiqxona gazlarining ijtimoiy xarajatlari ko‘rsatkichlarini tasdiqlash huquqini kafolatlaydi, buning asosida federal regulyatorlar yangi qoidalarni o‘zgartirishi va kiritishi mumkin. 

Sudga murojaat qilgan shtatlar rasmiylariga ko‘ra, bu federal regulyatorlarga "amerikaliklar hayotining har bir sohasiga, ya’ni ularning mashinalaridan tortib muzlatgichlari va uylariga, oziq-ovqat va elektr yenergiyasi uchun to‘lovlariga aralashishga" imkon beradi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Bayden

Baholaganlar

497

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing