AQSHni urushga tortuvchi qonun loyihasi rad etildi

Olam

image

Kecha, 19 iyul kuni AQSH Senati a’zolari mamlakatning navbatdagi moliyaviy yil uchun mudofaa byudjeti loyihasiga taklif qilingan NATO ustavining 5-moddasi asosida Kongressni urush e’lon qilishga majburlovchi tuzatishni rad etdi.  Bu haqda AQSH qonun chiqaruvchi organining yuqori palatasi saytida ma’lum qilindi.

Senator Rend Pol homiylik qilgan mazkur tuzatish amalga oshirilishi uchun Senatdan 60 ovoz olishi kerak edi. Biroq buni 16 nafar senator yoqlagan bo‘lsa, 83 nafari qarshi ovoz bergan. 

Shuningdek, Senat har qanday AQSH Prezidentiga Kongress ruxsatisiz Shimoliy Atlantika alyansidan chiqishini bir tomonlama e’lon qilishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha NATO bilan bog‘liq yana bir tashabbusni ma’qullagan. Bunga 65 senator ovoz bergan, qarshilar esa 28 nafarni tashkil etgan. 

"Amerika kuchli, ammo ittifoqchilar bilan bundan ham qudratliroq. Kongress bu tarixiy ittifoqni qo‘llab-quvvatlaydi", degan Virjiniya shtatidan saylangan senator Tim Keyn Twitter’dagi sahifasida.  

Ma’lumot uchun, NATO ustavining 5-moddasiga ko‘ra, agar alyans a’zolaridan biri qurolli hujum qurboni bo‘lsa, blokning boshqa barcha a’zolari ushbu zo‘ravonlik harakatini barcha NATO a’zolariga qarshi qurolli hujum deb hisoblaydi. Hujumga uchragan alyans davlatiga yordam berish uchun qurolli kuchlaridan foydalanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh NATO Senat Kongress

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing