AQSHni Sovet Ittifoqining taqdiri kutib turibdi – ekspert

Olam

image
Qur’ondagi haqiqat yoxud Jorj Floyd emas, AQSHning dunyoda ustunligiga janoza o‘qilyapti north_east

Qur’ondagi haqiqat yoxud Jorj Floyd emas, AQSHning dunyoda ustunligiga janoza o‘qilyapti

Fransuz tahlilchisi Nikolas Bavre Donald Tramp tufayli AQSHning kelajagi xuddi Sovet Ittifoqi kabi bo‘lishini bashorat qildi. Bu haqda "Le Figaro" nashri xabar berdi.

Bavre Amerika Prezidentining siyosatini "o‘z joniga qasd qilish" deb atadi. Uning aytishicha, Trampning siyosati Qo‘shma Shtatlarni fuqarolar urushi muhitiga solmoqda. Uning fikriga ko‘ra, hozirgi vaqtda 4 ta inqiroz mamlakatni jarga sudramoqda.

Birinchidan, 110 ming odamni o‘limiga sabab bo‘lgan koronavirus pandemiyasi. Kasallik mamlakatdagi hayot tarzini izdan chiqardi. Odamlarni agressivlashtirdi. Fransuz tahlilchisi koronavirusni Amerika uchun yangi Perl-Xarbor deb atadi.

Ikkinchidan, AQSHda koronavirusning tarqalishi oqibatlari keng ko‘lamli turg‘unlikka olib keldi. Kasallik 3 oy ichida 45 million amerikalikni ishsiz qoldirgan. Ekspertlar mamlakat YAIM 6,5 foizga tushishini taxmin qilmoqda.

Uchinchidan, Jorj Floydning o‘limidan keyingi mamlakatdagi notinchliklar. Tinch namoyishlarni tartibsizlikka aylanishi natijasida shaharlar vayron bo‘lmoqda. Jinoyat va qotillik soni keskin o‘sgan. Bu narsa fuqarolar urushi ehtimolini oshiradi. Mamlakat haqiqiy xaosga yuz tutdi

To‘rtinchidan, Trampning boshqaruvi. Bavrening so‘zlariga ko‘ra, Donald Trampning qurolli kuchlar tomonidan tartibsizliklarni bostirish uchun 1807 yilgi qonunga murojaat qilish niyati bor. Fransuz jurnalistining so‘zlariga ko‘ra, Amerika Prezidentining qilmishlari amaldagi tizim va qonun ustuvorligi tamoyillariga ziddir. Shunga qaramay, Bavrening ta’kidlashicha, Trampning harakatlari uni ikkinchi marta Prezidentlik kursida qolish imkoniyatidan mahrum qilmaydi.

Ma’lumot uchun, Sovet ittifoqi ham parchalanishdan avval xuddi AQSHdek ham siyosiy ham iqtisodiy jihatdan inqirozga uchragan edi. Ichki inqirozni boshidan kechirar ekan, sovet hukumati "ittifoqdosh"larini boshqarolmay qoldi. 1991 yilga kelib esa bu davlatning o‘rniga 15 mustaqil Respublika paydo bo‘ldi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Sovet Ittifoqi

Baholaganlar

722

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing