AQSHlik milliarder yosharish uchun o‘g‘lining qonini qabul qildi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining San-Fransisko shahridagi Silikon vodiysida yashovchi 45 yoshli milliarder Brayan Jonson abadiy yoshlikka erishish uchun 18 yoshli o‘g‘lining qoni va ayol gormoni estrogenini kichik dozalarda qabul qilmoqda. Bu haqda tadbirkorning o‘zi ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari orqali ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, milliarder allaqachon yoshligini uzaytirish uchun millionlab pul sarflagan. Hozir uning uchun 30 nafar eng yaxshi shifokorlar jamoasi ishlamoqda. Brayan Jonsonning kuni 05:00 boshlanadi. Uning tonggi shifokorlarning ko‘riklari va bir soatlik mashg‘ulotlar bilan qat’iy rejimda boshlanadi.

Jonsonning diyetasi normal odamlar uchun mumkin bo‘lgan deyarli barcha narsalarning cheklovidan tashkil topgan. U kun davomida umumiy 1977 kaloriyaga ega bo‘lgan mahsulotlarni iste’mol qiladi. Qiziq jihati shundaki, u vegetarian va faqat o‘t-o‘lanlar bilan taomlanadi. Shuningdek, milliarder vaqti-vaqti bilan ro‘za tutadi. 

Yaqin vaqtgacha uning 18 yoshli o‘g‘li Talmage Jonson otasi uchun qon donori bo‘lib kelgan, bu Brayan uchun muhim protsedura bo‘lgan. U oyiga bir marta Talmagedan bir litr plazma qabul qilgan. Biroq 6 ta muolajadan so‘ng shifokorlar bundan foyda yo‘q degan xulosaga kelgan. Bunga 45 yoshli milliarderning fiziologik ko‘rsatkichlari o‘g‘linikidan farq qilmagani sabab bo‘lgan. Yosh plazma almashinuvi keksa populyatsiyalarda yoki muayyan sharoitlarda foydali bo‘lishi mumkin.

Ma’lum bo‘lishicha, 18 yoshli Talmage har oyda qonning 25 foizini bekorga yo‘qotgan. Endi Brayan shifokorlarining yangi texnologiyasini o‘zida sinab ko‘rmoqda. U endilikda estrogenning kichik in’eksiyalarini qabul qilib boradi. Mutaxassislarning fikricha, bu muolajalar ijobiy natija berishi mumkin.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh donor Brayan Jonson

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing