AQSHga ketmoqchi bo‘lgan samarqandlik 50 ming dollarga chuv tushdi

3-sahifa

image

Samarqandda fuqaroni 50 ming dollar evaziga Yevropa va Meksika orqali AQSHga jo‘natmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda viloyat sudlari bo‘yicha ma’lumot beruvchi axborot kanali xabar berdi.

1996 yilda tug‘ilgan Samarqand shahrida yashovchi J.Y. mahalliy fuqaroni 50 ming AQSH dollari evaziga "Toshkent-Yevropa ittifoqi-Meksika-AQSH" yo‘nalishi orqali AQSHga jo‘natishni va’da qilgan. U zarur hujjatlarni rasmiylashtirish uchun fuqaro N.T.dan "avans" sifatida 10 ming dollar olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Fuqaro J.Y.ga tegishli mashina ko‘zdan kechirilganida fuqaro N.T.ga tegishli xorijga chiqish pasporti, uning qizining ID-kartasi, tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma aniqlanib, ashyoviy dalillar tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.  

“Hoqonuniy yo‘llar bilan xorijga chiqib, boyib ketishni ko‘zlagan kimsalarning chet elda “oshig‘i olchi bo‘lishiga” hech kim kafolat bermaydi. Bunday insonlarga “yordam qo‘lini cho‘zayotgan” “saxovatpeshalar”ga esa qonuniy chora ko‘riladi”, deya ogohlantiriladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Samarqand

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing