AQSHdagi yong‘in. Qurbonlar soni ortmoqda

Olam

image

AQSH shtatlaridagi yong‘inlar va uning oqibatlari bilan bog‘liq vaziyat hamon murakkabligicha qolmoqda.

Yong‘inlar oqibatida Oregon, Kaliforniya va Vashingtonda kamida 35 kishi qurbon bo‘lgan.

Oregon shtatining o‘zida 93 ming gektar o‘rmon yongan. Yong‘in qurbonlari soni 10 nafarni tashkil etmoqda. 20 dan ko‘proq kishi izsiz yo‘qolgan. 500 mingdan ko‘proq kishi uyini tashlab ketishga majbur bo‘lgan. Oregon Gubernatorining so‘zlariga ko‘ra, katta talafotlarga sabab bo‘lgan bu darajadagi yong‘in shtatda oldin hech qachon kuzatilmagan.

Tinch okeani sohilidagi yong‘inlar ta’sirida paydo bo‘lgan tutun kecha, 15 sentyabr kuni AQSHning Atlantika sohiligacha yetib borgan. Bu haqda Milliy meteorologiya xizmati xabar bergan.

Xabarga ko‘ra, yong‘indan paydo bo‘lgan tutunning bir qismi 3,5 ming kilometrdan uzoqroqqa harakatlanib, AQSH poytaxti Vashingtonga yetib borgan. Tutunni atmosferadagi baland reaktiv oqimlar olib borgan.

Yong‘inlar Oregonning beshta shahri, jumladan Portlendning havo sifatiga eng ko‘p ta’sir ko‘rsatgan. Vashington va Kaliforniya shtatlarida havoning xavfli darajada ifloslanishi qayd etilgan. 

Ma’lumot uchun, Donald Tramp Oregon shtatidagi ofatlar bo‘yicha deklaratsiya ma’qullagan. Shu bilan bir qatorda, okruglar bo‘ylab jabrlangan shaxslar uchun grantlar, uylarni vaqtincha ta’mirlash va sug‘urtalanmagan mulk yo‘qotishlarini qoplash maqsadida arzon narxlardagi kreditlar uchun federal mablag‘lar taqdim etgan.

Rushanabonu Sultonova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing