AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Olam
−
13 mart 11012 1 daqiqa
O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi AQSHdagi eski namunadagi pasportga ega O‘zbekiston fuqarolariga murojaat bilan chiqdi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burhonov ma’lum qildi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab eski namunadagi pasportlar (nobiometrik) o‘z kuchini yo‘qotgan. Shu munosabat bilan muddati o‘tgan yoki o‘tmagan eski namunadagi pasport egalari O‘zbekistonning AQSHdagi vakolatxonalari (Elchixona va Konsulxona) orqali vatanga qaytish uchun O‘zbekistonga qaytish guvohnomasini rasmiylashtirishlari kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi o‘zbekistonliklarga ogohlantirish bilan chiqqan edi. Unga ko‘ra, so‘nggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar O‘zbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti va’da qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali o‘tkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilmoqda. Shu boisdan, O‘zbekiston Respublikasining Istanbuldagi Bosh konsulxonasi fuqarolardan turli noqonuniy va’da va tavsiyalarga ishonmaslikni qat’iy tavsiya qildi.
Live
Barchasi