AQSHdagi o‘zbekistonliklar ogohlantirildi
Jamiyat
−
10 Oktabr 2024
10737O‘zbekistonning AQSHdagi elchixonasi Floridada yashayotgan fuqarolarga “Milton” to‘foni sababli ehtiyot choralari ko‘rishni tavsiya qildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Florida shtatining 51 shahrida favqulodda holat e’lon qilingan. Shu sababli O‘zbekiston fuqarolariga ehtiyot choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Fuqarolar zarurat bo‘lganda quyidagi raqamlar orqali tez yordam so‘rashi mumkin:
+1-202-251-8298 va +1-202-300-9526.
O‘zbekiston elchixonasi, shuningdek, AQSHning Favqulodda vaziyatlar bo‘yicha federal agentligi bilan bog‘lanishni tavsiya qiladi:
• Tez tibbiy yordam: 911;
• Federal agentlik ishonch telefoni: (800) 621-3362/ (800) 462-7585/ (800) 985-5990;
• Umumiy masalalar bo‘yicha: 202-646-2500;
• Florida shtati ishonch telefoni: +1-800-342-3557;
• Florida shtati evakuatsiya xizmati: +1-800-729-3413 (mahalliy vaqt bilan 07:00 dan 19:00 gacha).
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning AQSHdagi elchixonasi ham “Milton” to‘foni tufayli o‘z fuqarolarini Florida, Jorjiya va Janubiy Karolina shtatlaridan evakuatsiya qilishga chaqirgan edi.
LiveBarchasi