AQSHdagi o‘nta shtat va poytaxtda namoyishlar davom etmoqda
Olam
−
11 iyun 2025 6073 1 daqiqa
AQSH hukumati tomonidan noqonuniy migrantlarni deportatsiya qilish rejalariga qarshi namoyishlar mamlakatning o‘nta shtati va poytaxti Vashington shahrini qamrab oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.
Los-Anjelesda besh kundan beri davom etayotgan immigratsiya reydlariga qarshi namoyishlar Nyu-York, Chikago, San-Fransisko, Boston, Filadelfiya, Ostin, Denver, Atlanta, Sietl, Las-Vegas va boshqa yirik shaharlarda ham bo‘lib o‘tmoqda.
Migrantlarni deportatsiya qilishga qarshi namoyishlar fonida AQSHda noqonuniy migrantlarni saqlash joylari to‘lib ketgan. Hozirda 55 mingga yaqin noqonuniy migrant qamoqqa olingan, holbuki ularni joylashtirish uchun bor-yo‘g‘i 41,5 mingta yotoq o‘rni mavjud. Tun davomida namoyishlar paytida tartibni buzganlikda ayblangan 500 nafarga yaqin kishi qo‘lga olingan.
AQSH Prezidenti Donald Tramp buyrug‘iga ko‘ra, 9 iyun kuni Los-Anjeles shahriga qo‘shimcha ravishda 2 ming nafar Milliy gvardiya harbiylari va 700 nafar dengiz piyoda askarlari yuborilgan. O‘tgan yakshanba kuni ushbu hududda allaqachon 2 ming nafar gvardiyachi joylashtirilgan edi.
Milliy gvardiya bo‘linmalari, shuningdek, Texas shtatidagi San-Antonio va Dallas shaharlariga ham federal ob’ektlarni muhofaza qilish maqsadida yuborilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025