AQSHdagi suv toshqinlarida 6 kishi halok bo‘ldi

Olam

image

AQSHning Indiana shtatida joylashgan Lorel shahrida kuchli suv toshqinlari boshlandi. Bu haqda mahalliy WBIW telekanali xabar bermoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat oqibatida 6 kishi halok bo‘lgan.

Ta’kidlanishicha, 20 mart kuni qirg‘oqlaridan toshib ketgan daryo yo‘ldagi mashinalarni oqizib ketgan. Kecha, 21 mart kuni qutqaruvchilardan iborat guruh halok bo‘lganlarning jasadini topgan.

Shtat favqulodda holatlar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, nobud bo‘lganlarning uch nafari bolalar bo‘lgan.

Hozirda qidiruv-qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh suv toshqini

Baholaganlar

80

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing