AQSHdagi sud majlisida ayblanuvchi sudya ayolni kaltakladi (video)
Olam
−
04 yanvar
13209AQSHning Las-Vegas shahrida tajovuzda ayblanayotgan 30 yoshli erkak sud majlisida sudyaga hujum qildi. Bu haqda “Fox News” xabar berdi.
Ayblanuvchining advokati sinov muddati berishni so‘ragan, biroq 62 yoshli sudya Meri Holtus sudlanuvchining ilgari boshqa jinoyatlarni ham sodir etganini inobatga olib, ushbu so‘rovni rad etgan.
Shu payt erkak sudya stoli tomon otilib, uning ustidan sakrab o‘tgan va Holtusni yerga yiqitgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari zudlik bilan sudlanuvchining oldiga yugurib kelgan. Shundan so‘ng ayblanuvchi ular bilan mushtlasha boshlagan.
OAV xabariga ko‘ra, sudya ayol boshidan jarohat olgan. Politsiyachilardan biri ham yaralangan.
LiveBarchasi