AQSHdagi otishmalar qurbonlari orasida o‘zbekistonliklar bormi?

Olam

image

Avvalroq, AQSHning ikki shahrida ommaviy qotillik yuz bergani va natijada 30 ga yaqin odam halok bo‘lgani haqida xabar bergan edik.

O‘zbekistonning AQSHdagi Elchixonasi otishmalar bo‘yicha ma’lumot berdi.

Unga ko‘ra, 3 avgust kuni Texas shtatidagi El-Paso shahrida Walmart supermarketida otishma sodir etildi. Qurolli hujumda 20 kishi halok bo‘ldi, 26 nafari jarohatlandi. Gumonlanuvchi sifatida 21 yoshli Patrik Kruzius hibsga olindi. Jinoyatga nima sabab bo‘lgani o‘rganilyapti.

Ikkinchi otishma 4 avgust kuni Ogayo shtati Deyton shahrida uyushtirildi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 10 kishi halok bo‘lgan, shu jumladan hujum qilgan odam ham. Voqeada 27 kishi jabrlangan.

Uchinchi ommaviy qotillik Illinoys shtatining Chikago shahrida yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 4 avgust kuni mahalliy vaqt bilan soat 1:30 da Chikago g‘arbidagi parkda odamlar avtomobildan o‘qqa tutildi. Voqeada 7 kishi turli darajada jarohatlandi.

5 avgust holatiga ko‘ra, Texas va Ogayo shtatlari hamda Chikago shahridagi ommaviy qotillikda halok bo‘lganlar va yaralanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari qayd etilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Elchixona otishma

Baholaganlar

51

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing