AQSHdagi maktabda o‘quvchi otishma uyushtirdi
Olam
−
06 Oktabr 2021
6734Bugun, 6 oktyabr kuni Texas shtatining Arlington shahridagi maktabda otishma yuz berdi. Buning oqibatida 4 kishi yaralandi. Bu haqda Arlington politsiya boshqarmasi boshlig‘i yordamchisi Kevin Kolbe CNN telekanali tomonidan o‘tkazilgan brifingda ma’lum qildi.
“Bizda to‘rt nafar yaralangan bor. Ularning ikki nafariga o‘q tekkan”, deydi Kolbe.
Qayd etilishicha, otishmaga maktab o‘quvchisi va sinfdagi begona odam o‘rtasidagi ziddiyat sabab bo‘lgan.
Hozircha o‘q uzgan o‘quvchi ozodlikda qolmoqda. Mahalliy politsiya uning shaxsiga aniqlik kiritishga muvaffaq bo‘lgan va qidiruvga bergan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning sentyabr oyida Rossiyada ham shunga o‘xshash holat yuz bergan edi. O‘shanda Perm davlat milliy tadqiqot universitetida 18 yoshli talaba otishma uyushtirgan. Buning oqibatida 8 kishi halok bo‘lib, 28 nafar odam jarohatlangan.
LiveBarchasi