AQSHdagi maktabda o‘quvchi otishma uyushtirdi

Olam

image

Kecha, 30 noyabr kuni AQSHning Michigan shtati, Oksford shahridagi maktabda sodir bo‘lgan otishmada uch kishi halok bo‘ldi, sakkiz kishi jarohatlandi. Bu haqda politsiya xabar bergan.

Maktabdagi otishma seshanba kuni tushdan keyin sodir bo‘lgan. Favqulodda vaziyat haqida signal olganidan besh daqiqa o‘tgach, hujumchi politsiya tomonidan qo‘lga olingan, u qurolni tushirgan va taslim bo‘lgan. O‘q otgan 15 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lib chiqqan, u yarim avtomatik to‘pponcha bilan qurollangan bo‘lgan.

Politsiyaning ma’lum qilishicha, otishmada vafot etganlar 14-17 yoshdagi bolalar bo‘lgan.

“Uch o‘quvchi halok bo‘ldi, sakkiz nafari jarohat oldi”, degan rasmiy.

Huquq tartibot organi xodimlari otishma nima maqsadda uyushtirilganini hozircha aniqlamagan. “Hozircha sabab ma’lum emas”, degan huquq-tartibot idorasi xodimi.

Voqea haqida AQSH Prezidenti Jo Baydenga xabar berildi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh maktab otishma

Baholaganlar

162

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing