AQSHdagi irqchilikka qarshi namoyishlar to‘lqini Fransiyaga ko‘chdi
Olam
−
03 iyun 2020
8515Amerikalik afro-amerikalik Jorj Floydning o‘limidan so‘ng, Fransiyada irqchilik va shafqatsizlikka qarshi norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Parij ko‘chalariga 20 mingga yaqin odam chiqdi, politsiya ularga qarshi ko‘z yoshlar oqizadigan gaz ishlatdi. Bu haqda “Le monde” xabar bermoqda.
Ta’kidlanishicha, Parij politsiyasi tomonidan namoyishlar taqiqlanganiga qaramay, namoyishchilar Parij sudi oldida to‘planishgan.
Kechqurun shaharda vaziyat yomonlasha boshladi, ayrim soatlarda politsiya ko‘zdan yosh oqizadigan gaz ishlatdi. Shundan so‘ng ba’zi namoyishchilar politsiya mashinalarini to‘sib qo‘yishga kirishdi. Keyinchalik politsiya xodimlariga nisbatan toshlar otildi va namoyishchilar barrikadalar o‘rnatishdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, namoyishchilar hibsga olinganidan ko‘p o‘tmay, 2016 yilda vafot etgan qora tanli fransuz Adam Traoreni eslashdi. Uning o‘limining holati hozirgacha noma’lum, shuning uchun fransuzlar uning taqdirini Minneapolisda halok bo‘lgan Jorj Floydning o‘limi bilan taqqoslashgan.