AQSHdagi do‘konda yong‘in sodir bo‘ldi. 100 yaqin hayvon halok bo‘ldi 

Olam 2598
image

Amerikaning Indianapolis shahridagi (Indiana shtati) hayvonlar do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi. Natijada 100 ga yaqin hayvon vafot etdi. Bu haqda shahar Yong‘in xavfsizligi bo‘limiga asoslanib xabar berilgan. 

Ma’lum bo‘lishicha, yong‘in qurbonlari 40 ga yaqin it, 25 ta to‘tiqush, shuningdek, quyonlar va boshqa hayvonlar bo‘lgan. 

Ular uglerod oksididan zaharlanish natijasida vafot etgan. 

Ta’kidlanishicha, o‘t o‘chiruvchilar yetib kelganda, hayvonlar o‘z qafaslarida bo‘lgan va do‘kon binosi quyuq qora tutunga botgan. 

Ma’lumot o‘rnida, mushuk, dengiz cho‘chqalari, shuningdek baliqlar va bir nechta sudralib yuruvchilar tirik qolgan. Ular veterinar shifokor tomonidan tekshiriladi. 

Yong‘in sabablari esa aniqlanmoqda.

Rushana Sultonova
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 68
Reyting: 3.1
Teglar
t
×