AQSHda o‘zbekistonlik vafot etdi

Olam

image

Bugungi kunda xorijda har kuni bir o‘zbekistonlikning vafot etishi yoki, jarohatlanishini eshitish kundalik xabarlar orasida tobora ko‘payib boryapti. Navbatdagi o‘zbekistonlik AQSHda qurbon bo‘ldi. Bu haqda TIV xabar berdi.

O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi Bosh konsulxonasi bergan ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 17 iyul kuni AQSHning Ogayo shtati Kenfild shahrida yuz bergan YTH natijasida O‘zbekiston fuqarosi A.N. vafot etgan.

Qayd etilishicha, vafot etgan shaxs yaqinlariga marhum jasadini Vatanga jo‘natishda yordam berish uchun mahalliy hokimiyat organlari tomonidan berilgan hujjatlar asosida Bosh konsulxona tegishli hujjatlarni rasmiylashtirdi va boshqa kerakli jarayonlarni amalga oshirgan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh YTH

Baholaganlar

89

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing