AQSHda o‘zbek raqs san’atini o‘rganish dasturi tashkil etildi
Jamiyat
−
14 avgust 2019
6179O‘zbekistonning Vashingtondagi elchixonasida bo‘lib o‘tadigan tadbirda Kolumbiya okrugi, Merilend, Virjiniya, Pensilvaniya, Nyu-York, Nyu-Jersi, Florida, Kentukki va boshqa shtatlardan 20 ga yaqin tinglovchi ishtirok etmoqda.
Elchixona ma’lumotiga ko‘ra, treninglarni o‘tkazish uchun «Munojot», «Tanovar», «Intizor», «Buxoro yulduzi» kabi va boshqa milliy raqslari ijrochisi, taniqli raqqosa va xoreograf, O‘zbekiston xalq artisti Qizlarxon Do‘stmuhammedova kelgan. U yosh hamkasblari bilan mahoratini o‘rtoqlashdi.
Uch kunlik trening dasturida an’anaviy o‘zbek raqsi va Markaziy Osiyoning boshqa davlatlarining o‘ziga xos xususiyatlari va elementlarini o‘rgatish, shuningdek, turli sozlardagi mahorat darsi, xalqimizning tarixi va madaniyati bo‘yicha seminar o‘tkazish ko‘zda tutilgan.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15