AQSHda o‘lim jazosi vaqtincha bekor qilindi
Olam
−
02 iyul 2021
4132AQSH Bosh prokurori hamda Adliya vaziri hisoblangan Merrik Garlend kecha, 1 iyul kuni federal qatllarga moratoriy (vaqtincha kechiktirish) joriy etdi. Adliya vazirligi o‘lim jazosiga oid siyosatini ko‘rib chiqqunga qadar ushbu moratoriy kuchda bo‘ladi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligining veb-saytida e’lon qilingan bayonotda so‘z boradi.
“Bugun Adliya vaziri federal darajada o‘lim jazosiga moratoriy joriy etish to‘g‘risida memorandum e’lon qildi. Izlanishlar yakunlanmagunga qadar qatllar federal darajada ijro etilmaydi”, deyiladi bayonotda.
Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda respublikachi Donald Tramp prezidentligi davrida AQSHning o‘sha paytdagi Adliya vaziri va Bosh prokurori Uilyam Barr federal darajada sudlangan jinoyatchilar uchun o‘lim jazosini tiklagandi. Amaldagi Prezident Jo Bayden esa saylovoldi tashviqoti paytida mamlakatda o‘lim jazosini federal darajada bekor qilishga va’da bergan.
LiveBarchasi