AQSHda o‘lim jazosi tiklandi
Olam
−
26 iyul 2019
5332AQSH Federal hukumati 20 yillik tanaffusdan keyin o‘lim jazosini davlat darajasida tiklashga qaror qildi. Bu haqda Amerika Adliya vazirligi xabar berdi.
Mazkur qaror haqida AQSH Bosh prokurori Uilyam Barr Qamoqxonalar federal boshqarmasi rahbari Xyu Gurvitsni ogohlantirgan. O‘lim jazosi besh kishiga nisbatan qo‘llanadi.
Uilyam Barr Xyu Gurvitsga yosh bolalar va qariyalarni zo‘rlab o‘ldirishda aybdor deb, topilgan besh kishiga tayinlangan o‘lim jazosini ijro etish majburiyatini topshirgan.
Besh kishi odamlarni o‘ldirib, ularni mazax qilish va voyaga yetmaganlarga jinsiy zo‘ravonlik qilishda aybdor deb topilgan. Hukm joriy yilning dekabri va 2020 yilning yanvarida ijro etiladi.
Hujjatga ko‘ra, hukm pentobarbital in’eksiyasi bilan ijro etiladi. Mazkur in’eksiyaning miqdoridan ortiqcha qo‘llash o‘limga olib keladi.
Ma’lumot uchun, AQSHda o‘lim jazosi 2003 yilda davlat darajasida bekor qilingandi. Shtatlar esa oliy jazoni qo‘llash yoki qo‘llamaslikni o‘zi hal qilishi ruxsat berilgan.
LiveBarchasi