AQSHda Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi

Olam

image

AQSHda Amazon kompaniyasining haydovchi bo‘lib ishlagan 37 yoshli Tojikiston fuqarosi otib o‘ldirildi. Bu haqda “Recordnet” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, yuk mashinasini boshqarib ketayotgan tojikistonlik I.Ch. noma’lum shaxslar tomonidan o‘qqa tutilgan. Oqibatda mashina boshqaruvi izdan chiqib yo‘l chetidagi devorga urilgan.

Shundan so‘ng, haydovchi guvohlar tomonidan zudlik bilan voqea sodir bo‘lgan joy yaqinidagi shifoxonaga olib borilgan. Biroq I.Ch. olgan tan jarohatlari tufayli o‘sha yerda vafot etgan.

“I.Ch.ning vafot etgani haqidagi xabarni eshitib qattiq xafa bo‘ldik. Biz uning oilasiga chuqur hamdardlik bildiramiz”, deydi Amazon vakili Alisa Kerroll. 

Shuningdek, hozirda kim o‘q uzgani va otishma sabablari haqida ma’lumot yo‘qligi va tergov jarayonlari davom ettirilayotgani ma’lum qilingan.

Muhsinjon Umurzoqov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Tojikiston fuqarosi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made