AQSHda tornado qurbonlari soni 20 kishidan oshdi

Olam

image

Joriy yilning 31 martidan buyon AQSHning janubiy va g‘arbiy qismida sodir bo‘layotgan kuchli tornado oqibatida 22 kishi halok bo‘ldi, yuzdan ortiq odamlar jarohat oldi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Rasmiylarga ko‘ra, Arkanzasda kamida besh kishi, Illinoysda to‘rtta va Indianada uch kishi halok bo‘lgan. Tennessi sog‘liqni saqlash departamenti tornado bilan bog‘liq yettita o‘limni tasdiqlagan.

Qayd etilishicha, tabiiy ofat yettita shtatni qamrab olgan va turar-joy binolari, bir qator infratuzilma ob’ektlari, jumladan, maktab, cherkov va teatrni vayron bo‘lishiga olib kelgan.

Illinoys shtatida ko‘p qavatli uyning qulashi oqibatida uch kishi vafot etgan. Shuningdek, ushbu shtatda 260 kishi bo‘lgan teatr tomi qulab tushgan. Tom qulashi oqibatida 40 kishi tan jarohati olib, 1 kishi vafot etgan.

“Tornadolar Arkanzasda binolarning tomlari va devorlarini uchirdi, mashinalarni ag‘darib yubordi, daraxtlar va elektr simlari qulatdi”, deydi rasmiylar.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh qurbonlar tornado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing