AQSHda terakt uyushtirgan o‘zbekistonlik 8 umrlik qamoq jazosiga hukm qilindi (foto)

3-sahifa

image
Nyu-Yorkdagi teraktni uyushtirgan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi north_east

Nyu-Yorkdagi teraktni uyushtirgan o‘zbekistonlik umrbod qamoq jazosiga hukm qilindi

2017 yilda Nyu-Yorkda terakt sodir etganlikda aybdor deb topilgan O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipov Amerika sudi tomonidan ketma-ket sakkiz karra va bir vaqtning o‘zida yana ikkita umrbod hamda yana 260 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqda AQSH Adliya vazirligi xabar berdi.

Терактдан фото

AQSHdagi Nyu-York janubiy okrugi prokurori Damian Uilyamsning tushuntirishicha, sakkiz karra umrbod qamoq jazosi Soipov terakt sodir etganida halok bo‘lgan sakkiz kishining hayotidir va 260 yil qamoq jazosi 18 ta qotillikka urinish uchun, jumladan, to‘rt nafar bola uchun eng ko‘p jazo sifatida tayinlangan.

“Hukm Sayfullo Soipovning ISHID tomonidan puxta rejalashtirilgan teraktda sakkiz nafar begunoh qurbonlarni vahshiylarcha o‘ldirgani uchun butun umrini federal qamoqxonada o‘tkazishini bildiradi”, deydi uning ishini olib borgan Bosh prokuror Merrik Garland.

Eslatib o‘tamiz, 2023 yil yanvarida hakamlar hay’ati O‘zbekiston fuqarosi Sayfullo Soipovni 2017 yilda Nyu-Yorkda terakt sodir etish va sakkiz kishini o‘ldirishda aybdor deb topgan. Mart oyida Soipov ustidan mahkama jarayonida ishtirok etgan hakamlar hay’ati o‘lim jazosi uchun zarur bo‘lgan bir ovozdan hukm chiqara olmagani, shu bois ayblanuvchi umrbod qamoq jazosiga hukm qilinishi xabar qilingan edi.

Ma’lumot o‘rnida, Sayfullo Soipov 1988 yil 8 fevralda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2010 yilda u Green Card lotereyasini yutib, AQSHga ko‘chib o‘tgan. AQSHda Soipov oila qurib, yuk mashinasi haydovchisi, keyinroq Uber haydovchisi bo‘lib ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik terakt qamoq Sayfullo Soipov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing