AQSHda SSSR va Rossiya foydasiga “quloq”lik qilgan sobiq agent vafot etdi

Olam

image

AQSH qamoqxonalar byurosi 20 yil davomida SSSR, keyin esa Rossiya razvedka xizmatlariga ma’lumotlarni uzatgan sobiq Federal qidiruv byurosi agenti Robert Xanssenning Kolorado shtatidagi qattiq rejimli qamoqxonada o‘lganini ma’lum qildi.

Keltirilishicha, 79 yoshli sobiq agent 2002 yilda josuslikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan.

Qamoqxona xodimlari Xanssenni joriy yilning 5 iyun kuni ertalab o‘z kamerasida o‘lik holda topgan. Xanssen tabiiy sabablarga ko‘ra vafot etgani aytilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xanssen 1976 yilda Federal qidiruv byurosiga qo‘shilgan va 1985 yilda Sovet Ittifoqiga mahfiy ma’lumotlarni uzatishni boshlagan. 

Hanssen 2001 yil fevralida hibsga olinishidan bir necha hafta oldin uni kuzatish uchun 300 ga yaqin byuro xodimi jalb qilingan. Xanssen Virjiniya chekkasidagi parkdagi “tuynuk” orqali maxfiy materiallarni o‘tkazayotganda qo‘lga olganidan keyin qamalgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya SSSR Robert Xanssen

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing