AQSHda samolyot qulashi ortidan 5 kishi halok bo‘ldi
Olam
−
07 noyabr
2327AQSHning Arizona shtatida shahar chetidagi aeroportdan havoga ko‘tarilgan samolyot bir necha daqiqadan so‘ng yo‘ldagi mashinalar ustiga qulab tushdi. Bu haqda “New York Times” xabar berdi.
Politsiyaning ma’lum qilishicha, samolyot Feniksdan sharqda joylashgan Mesa shahridagi Falcon Field aeroportidan uchishni boshlaganda qulagan. Federal aviatsiya ma’muriyati ma’lumotlariga ko‘ra, Honda HA-420 yengil biznes samolyoti havoga ko‘tarilganidan ko‘p o‘tmay aeroport binosi tashqarisida harakatlanayotgan avtomobillar ustiga qulagan.
“Samolyot ichida bo‘lgan 5 nafar yo‘lovchi ham vafot etgan”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, politsiya mashina ichida bo‘lganlar orasida halok bo‘lganlar haqida aniq ma’lumot bermagan. AQSH televideniyelarida aeroport yaqinidagi yo‘lda katta yong‘in chiqqani ko‘rsatilgan. Milliy transport xavfsizligi kengashi va Mesa organlari ushbu holat yuzasidan tekshiruv olib borishi aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 26 oktyabr kuni Avstraliyaning Sidney shahri janubi-g‘arbida ikki yengil samolyot havoda to‘qnashib ketishi oqibatida samolyot qulab tushgan va uch kishi halok bo‘lgandi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi