AQSHda respublikachi senatorlarda ham koronavirus aniqlandi 

Olam

image

AQSHda Kongressining respublikachi senatori Tom Tillis 2 oktyabr kuni o‘ziga koronavirus tashxisi qo‘yilganini e’lon qildi

“Bugun kechqurun COVID-19 ga topshirgan testim natijasi musbat ekanligi ma’lum bo‘ldi. Men shifokor tavsiyalariga amal qilaman. O‘zimni yaxshi his qilyapman”, deb yozgan senator o‘zining Twitter'dagi sahifasida. 

Shuningdek, yana bir respublikachi senator Mayk Li o‘zining koronavirusga chalinganini e’lon qilgan. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, ikkala senator ham 26 sentyabr kuni Oq uyda bo‘lib o‘tgan tadbirda qatnashgan. Unda AQSH Prezidenti Donald Tramp Emi Koni Barrettni AQSH Oliy sudi sudyasi lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatish to‘g‘risida qaror qabul qilganini e’lon qilgandi. 

Eslatib o‘tamiz, AQSH Prezidenti Donald Tramp va Birinchi xonimi Melaniya Trampda koronavirus testi musbat natija bergandi. Bu haqda Tramp 2 oktyabr kuni o‘zining Twitter sahifasida yozib qoldirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

34

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing