AQSHda radioaktiv falokat sodir bo‘lgan AES qayta ishga tushiriladi
Olam
−
23 Sentabr
2309Qo‘shma Shtatlarda 1979 yilda radioaktiv falokat sodir bo‘lgan Three Mile Island atom elektr stansiyasidagi reaktorlardan biri qayta ishga tushiriladi. AES energiyasi uchun mijoz Microsoft bo‘lib, u ma’lumotlar markazlarini kengaytirish uchun tobora ko‘proq yashil elektr energiyasiga muhtoj. Bu haqda “The Guardian” xabar berdi.
Nashrning yozishicha, Constellation Energy’ga tegishli Pensilvaniya shtatidagi mashhur Three Mile Island maydonidagi yadro reaktori Microsoft kompaniyasining sun’iy intellekt operatsiyalarini quvvat bilan ta’minlaydi. Bu borada kompaniyalar kelishuvga erishganidan buyon AES besh yil ichida birinchi marta ishga tushiriladi.
1979 yil mart oyida nosoz klapan sabab AESdagi suv sovutgichining buzilishi 2 blok reaktorining haddan tashqari qizib ketishiga olib kelgan. Oqibatda ushbu voqea AQSH tarixidagi eng jiddiy yadroviy parchalanish va radiatsiya oqish hududi sifatida qayd qilingan. Oradan 40 yildan ko‘proq vaqt o‘tgan bo‘lsa ham, reaktor hali ham foydalanishdan chiqarish bosqichida.
“Constellation Microsoft bilan o‘z tarixidagi eng yirik elektr energiyasini sotish shartnomasini imzoladi. Buning uchun TMI Unit 1 qayta tiklanadi va u o‘nlab yillar davomida ishlaydi. Bu tarmoqqa taxminan 835 megavatt quvvat qo‘shadi, 3400 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita ish o‘rinlarini yaratadi hamda 3 milliard dollardan ortiq shtat va federal soliqlarni keltirib chiqaradi”, deyiladi xabarda.
Kompaniyaning tushuntirishicha, yigirma yillik shartnomaga ko‘ra, Constellation 2019 yilda iqtisodiy sabablarga ko‘ra to‘xtatilgan atom elektr stansiyasining birinchi blokini qayta ishga tushiradi.
Kelishuvga ko‘ra, Microsoft Pensilvaniyadagi ma’lumotlar markazi tomonidan foydalaniladigan energiya blogini karbonat angidriddan holi qilish uchun AES quvvatidan foydalanmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Finlyandiyada 2026 yilga kelib, taxminan 100 ming yil davomida ishlatilgan yadro yoqilg‘isini saqlaydigan dunyodagi birinchi yerosti ombori ishga tushirilishi haqida xabar berilgan edi.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr