AQSHda Prezidentlik saylovi. So‘nggi ma’lumotlar taqdim etildi

Olam

image

Ayni paytda Amerika Qo‘shma Shtatlarida Prezident saylovi bo‘lib o‘tmoqda. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, demokrat Jo Bayden amaldagi Prezident, respublikachi Donald Trampdan kichik farq bilan oldinda bormoqda.

NBC bergan ma’lumotga ko‘ra, Bayden Nyu-Gempshirda g‘alaba qozonagan (4 ta ovoz). “Fox” xabariga ko‘ra, Tramp Missuri, Arkanzas, Alabama va Missisipi shtatlarida (jami 19 ta ovoz) g‘alabani qo‘lga kiritgan. 

Senator-respublikachi Rikk Skottning ma’lum qilishicha, Tramp Florida shtatida ham g‘olib kelgan.

CNN bergan ma’lumotga ko‘ra, Tramp 11 ta ovoz bilan Tennessi shtatida, “Associated Press” xabariga ko‘ra esa Janubiy Karolinada g‘alaba qilgan.

“The New York Times” bergan xabarga ko‘ra, demokrat Jozef Bayden Nyu-York shtatida respublikachi Donald Tramp ustidan g‘alaba qozondi. Ovozlarni hisoblash hali rasman yakunlanmagan. Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, saylov byulletenlari va saylov uchastkalarining 12 foizini qayta ishlash natijalariga ko‘ra, Bayden 78,9 foiz, Tramp 20,5 foiz ovozga ega. OAV xabarlariga ko‘ra, Trampda endi ushbu shtatni yutib olish imkoniyati yo‘q. CNN, “Fox News” va ABC telekanallari taxminan bir xil reytinglarni berdi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, umumiy hisobda Jo Baydenda 133 ta ovoz, Donald Trampda 115 ta ovoz bo‘lib turibdi.

Prezident lavozimiga nomzod g‘alaba qozonishi uchun saylovchilar hay’ati a’zolarining 270 ta ovozini to‘plashi kerak bo‘ladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh saylov

Baholaganlar

983

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing