AQSHda politsiyachi o‘yinchoq to‘pponcha olib yurgan 13 yoshli bolani otib tashladi (video)
Olam
−
01 iyul
18311Joriy yilning 27 iyun kuni AQSHda 13 yoshli bola politsiyachi tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “CNN” xabar berdi.
Nashrda keltirilgan politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, holat o‘sha kuni Manxettendan 400 kilometr shimoli-g‘arbda joylashgan Utika shahrida politsiya xodimlari ikki nafar bolani qurol olib yurishda gumon qilib to‘xtatganidan so‘ng sodir bo‘lgan. Har ikkala bola ham taxminan 13 yoshlar arafasida bo‘lgan. Ulardan biri yo‘l harakati qoidalarini buzgan. Politsiya xodimlari bolaning qo‘lidagi narsa to‘pponcha ekanligiga ishonishgan. Biroq, keyinchalik, u Glock 17 Gen5 to‘pponchasining nusxasi ekanligi ma’lum bo‘lgan.
Utika politsiyasining boshlig‘i Mark Uilyamsning so‘zlariga ko‘ra, ofitserlardan biri o‘smirga qarata o‘q otgan, oqibatda bola ko‘kragidan o‘q yegan. Ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan u shifoxonada vafot etgan.
Politsiya bo‘limi 65 ming aholisi bo‘lgan Utika shahridagi otishma ommaviy norozilik keltirib chiqarganidan so‘ng, kamera yozuvlarini e’lon qildi. Politsiya qurolining qurboniga aylangan o‘rta maktabning 8-sinf o‘quvchisi Nyah Mvey Myanmada tug‘ilgan qochqin va Karen etnik ozchiligi a’zosi ekanligi aniqlangan. Qochqinlarni joylashtirishga yordam beradigan The Center notijorat tashkiloti bergan ma’lumotlarga ko‘ra, bu yerda Myanmadan kelgan 4200 dan ortiq odam istiqomat qiladi.
Quroldan o‘q uzgan politsiyachi zobit Patrik Husnay ekanligi ma’lum bo‘lgan. Husnay va ofitserlar Bryus Patterson hamda Endryu Sitriniti ma’muriy ta’tilga chiqarilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjonda jinoyatchi 3 nafar politsiyachi va bir fuqaroni otib o‘ldirgani haqida xabar berilgandi.
LiveBarchasi