AQSHda politsiya o‘zbekistonlik erkakni otib o‘ldirdi (foto)

3-sahifa

image

Nyu-Yorkda 8 mart kuni bayram ziyofati paytida xotiniga kamida ikki marta pichoq urib, jiddiy jarohat yetkazgan 46 yoshli Jamshid Ne’matov  politsiya tomonidan otib o‘ldirildi. Bu haqda “The New York Post“ nashri ma’lum qildi.

Ismini aytishni istamagan marhumning qarindoshlaridan biriga ko‘ra, ayol pichoqlangan vaqtida ziyofat uyushtirilgan xonadonda uy egalaridan tashqari mehmonlar ham bo‘lgan.

“Jamshidning gallyutsinatsiyalari bor edi. Bu ruhiy salomatlik bilan bog‘liq depressiya bo‘lishi mumkin. Uning boshida muammosi bo‘lgan”, degan marhumning qarindoshi.

Uning qo‘shimcha qilishicha, pichoqlangan ayol churra kasalligi bilan og‘rigan bo‘lsa-da, shifokor yordamchisi vazifasida ishlab kelgan.

“Amira o‘zi davolanmasa-da , eriga g‘amxo‘rlik qilardi. Bo‘lib o‘tgan barcha voqealardan keyin ham xavotirlanib, erining ahvoli haqida so‘radi”, degan oilaga yaqin shaxs.

Ayolning ukasi, Zafar ismli shaxs esa er-xotin o‘rtasida avvaldan kelishmovchilik bo‘lganini, qaynog‘asi ishsiz bo‘lgani va asosan uyda o‘tirganini bildirgan.  

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea joyiga yetib kelgan politsiya qo‘lida pichog‘i bilan ularga tashlangan erkakni otib tashlashga majbur bo‘lgan. Ayol davolanmoqda, erkak esa olamdan o‘tgan. Aytilishicha, er-xotinning 4 nafar farzandi bor. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiyada go‘dak farzandini o‘ldirib, tomorqasiga ko‘mishda gumonlanayotgan andijonlik er-xotin ushlangan edi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh o'zbekistonlik o'lim politsiya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing