AQSHda otishma: bir politsiyachi halok bo‘ldi

Jamiyat

image

Joriy yil 7 avgust kuni Chikago shahrining janubiy chekkasida yuz bergan otishma oqibatida bir politsiyachi halok bo‘ldi, yana bir politsiyachi og‘ir ahvolda. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, otishmadan so‘ng ikki nafar politsiyachi og‘ir tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Ulardan biri yaralangan, ikkinchisi esa tan jarohatlari oqibatida vafot etgan.

Politsiya vakilining aniqlik kiritishicha, ikki nafar gumonlanuvchi hibsga olingan, bir nafari esa o‘q yegani sabab shifoxonaga joylashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning mart oyida AQSHning Kolorado shtati Boulder shahrida yuz bergan otishmada ham bir politsiyachi halok bo‘lgan. Bundan tashqari, iyul oyida Oq uydan atigi ikki kitometr uzoqlikda ham otishma yuz bergandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

108

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing