AQSHda oltin unitaz 12 mln dollarga sotildi

Olam

image

Oltindan yasalgan, og‘irligi 100 kilogramm bo‘lgan unitaz AQSHdagi auksionda 12 million dollardan ortiq narxda sotildi. Bu haqda “The New York Times” xabar berdi.

Qayd etilishicha, ushbu unitaz “Amerika” nomi ostidagi san’at asari hisoblanadi. Asarning muallifi mashhur italiyalik rassom Mauritsio Kattelandir. 

Unitaz Sotheby’s auksion uyi maydonchasida sotilgan va aynan auksion uyining o‘zi asar sotilganini e’lon qilgan. 

“Lot sotildi. 12 110 000 AQSH dollari”, deyiladi xabarda. 

Qayd etilishicha, oltin unitaz to‘liq ishlashga qodir, ya’ni undan hojatxona sifatida foydalanish mumkin. 

Bunday unitazlardan jami ikki dona mavjud.

Ma’lumot uchun, 2019 yilda shunday unitazlardan biri Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Uinston Cherchill tug‘ilgan saroyda besh daqiqada o‘g‘irlangan. Shu yilning fevral oyida Oksfordda ushbu jinoyatga aloqador shaxslar bo‘yicha sud boshlangan va 2023 yilda ushbu san’at asarini o‘g‘irlash bo‘yicha to‘rt nafar ayblanuvchi sudlangan edi.

OAV xabarlariga ko‘ra, auksionga qo‘yilgan unitazning egasi amerikalik milliarder Stiven Koen hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq devorga skotch bilan yopishtirilgan banandan iborat asar Sotheby’s auksionida 6,2 million dollarga sotilgandi. Ushbu asar ham Mauritsio Kattelan tomonidan yaratilgan.


Maqola muallifi

Teglar

unitaz Mauritsio Kattelan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing