AQSHda oltin qolmadi

Olam

image
AQSH o‘z fuqarolariga 1200 dollardan yordam puli tarqatadi north_east

AQSH o‘z fuqarolariga 1200 dollardan yordam puli tarqatadi

AQSHda deyarli barcha oltin sotib bo‘lindi. Bu haqda bugun, 28 mart kuni "The Wall Street Journal" nashri xabar berdi.

Amerikalik sarmoyadorlar va bankirlar oltin yombilar va tangalar yetishmovchiligiga duch keldi. Aytishlaricha, birjalarda ushbu mahsulot taqchilligi kuzatilmoqda.

Xabar qilinishicha, oltin sotuvchi dilerlar hamma mahsulotni sotib bo‘lgan. 1856 yildan beri oltin yombilar tayyorlab kelayotgan Credit Suisse Group AG kompaniyasi mijozlarga oltin quymalar hozirda sotuvda yo‘qligini ma’lum qildi. Britaniyalik bankirlar Nyu-York birjalariga oltin quymalarini yetkazib berish uchun harbiy yuk samolyotlarini yollashga harakat qilyapti.

Uoll-strit bankirlari ham yordam so‘rab Kanadaning Qirollik zarbxonalariga murojaat qilgan. Zarbxona vakillarining aytishicha, ularda AQSHga jo‘natish uchun oltin quymalarini ishlab chiqarish so‘rovlari keskin ko‘payib ketgan.

Ma’lum qilinishicha, AQSHda oltin narxi deyarli 9 foizga ko‘tarilib ketgan. Hozirda narxlar bir troy unsi uchun 1,6 ming dollarni tashkil etyapti. Bu oxirgi yetti yillikning eng yuqori ko‘rsatkichi hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Oltin Birja Taqchillik

Baholaganlar

927

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing