AQSHda noqonuniy muhojir Trampni o‘ldirmoqchi bo‘ldi

Olam

image

AQSH immigratsiya rasmiylari mamlakat Prezidenti Donald Trampga suiqasd qilish bilan tahdid qilgan, Meksikadan kelgan noqonuniy muhojirni hibsga oldi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ichki xavfsizlik vazirligining ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 21 may kuni Immigratsiya va bojxona nazorati xizmati xodimi Ramon Morales Reyes ismli shaxsdan maktub olgan. Maktubda “Men bu mamlakatni faqat Prezident Trampning mitinglaridan birida boshiga o‘q uzganimdan keyin tark etaman”, deya yozgan migrant.

Shuningdek, u AQSH hukumatini meksikaliklarga nisbatan kamsitish va oilasini deportatsiya qilganlikda ayblagan.

54 yoshli Morales 22 may kuni hibsga olingan. Ichki xavfsizlik vazirligining aniqlik kiritishicha, u 1998 yildan 2005 yilgacha AQSH chegarasini noqonuniy ravishda kamida to‘qqiz marta kesib o‘tgan. Shuningdek, u ilgari bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan.
Deportatsiya jarayoni tugaguniga qadar uning Viskonsin shtatidagi qamoqxonada saqlanishi ko‘zda tutilgan.

Tergovchilarning taxminicha, bu maktub boshqa bir shaxs tomonidan ataylab yozilgan. Sababi – Reyes hozirda talonchilik va hujum bo‘yicha sud jarayoni bo‘layotgan ishda jabrlanuvchi sifatida qayd etilgan. Ular maktub orqali Reyesni sud bo‘lishidan oldin deportatsiya qilishga erishmoqchi bo‘lishgan.

Ma’lumot uchun, Tramp 2024 yilgi saylov kampaniyasida AQSHdagi noqonuniy migrantlarga qarshi kurashishni asosiy va’dalaridan biri deb e’lon qilgan edi. U birinchi yil ichida 1 million migrantni chiqarib yuborishni rejalashtirgandi. Ammo mutaxassislar bu rejani haqiqatdan yiroq deb hisoblashmoqda, chunki bu juda katta mablag‘, ko‘p xodim talab qiladi va ko‘pchilik migrantlar o‘z huquqlarini sudda himoya qilishlari mumkin.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSHning Boston shahridagi sud Prezident Donald Tramp ma’muriyatining migrantlarni Liviyaga va Salvador davlatlariga chiqarib yuborish rejasini rad etgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh muhojir Donal'd Tramp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing